loader image
uz| Diqqat!!! Sayt test rejimida ishlamoqda!
Call Center      
uz| Diqqat!!! Sayt test rejimida ishlamoqda!
Call Center      
info@nspi.uz
E-mail
+998 79 225-19-30
ISHONCH TELEFONI
+998 79 225-19-30
FAKS
REKTOR QABILXONASI

Britaniya menejment universiteti vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi

Britaniya menejment universiteti vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi

    Navoiy davlat pedagogika instituti qoshida tashkil etilgan Kasbiy Rivojlanish Markazi (KRM) vakillari hamda Britaniya menejment universiteti vakillari oʻrtasida hamkorlik uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuv davomida KRM vakillari markazning faoliyati, bugungi kunda olib borilayotgan bir qator samarali ishlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berdilar. BMU vakillari ham taʼlim va kasbiy rivojlanishni samarali tashkil etish hamda uni boshqarish boʻyicha oʻzlarining qimmatli tajribalari bilan oʻrtoqlashdi.

Britaniya menejment universiteti vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi

Uchrashuv davomida ikkala tomon oʻrtasida hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish, hamkorlik doirasida bir qator istiqbolli rejalarni amalga oshirish, jumladan, oʻqituchilar almashinuvi, oʻzaro darslarni kuzatish va tajriba almashishga kelishib olindi.

Britaniya menejment universiteti vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi

Shuningdek, BMU vakillari Navoiy davlat pedagogika instituti Chet tillar fakulteti professor–oʻqituvchilari va talabalari bilan uchrashuv oʻtkazdilar.

Unda chet tillarni oʻqitishning dolzarb muammolari hamda ikkala oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida amalga oshiriladigan ilmiy-metodik masalalar yuzasidan tajriba almashildi.